
“Chelsi” 17 yoshli vunderkind uchun “dahshatli” summa sarflaydi
“Chelsi” mutasaddilari olis Braziliyadan yangi iste’dod egasini olib kelish bo‘yicha ish boshladi.
“Palmeyras”ning 17 yoshli qanot hujumchisi Estevan Villian uchun “aristokratlar” katta xarajat qilishga tayyor.
Villianni Braziliyada Messino deb atashadi. Unga “Barselona” ham xaridor bo‘lmoqda.
UOL nashrga ko‘ra, “Chelsi” raqobatchilarini ortda qoldirish uchun Messinoga hali 18 yoshiga to‘lmasidan kelishuvga ko‘ndirmoqchi.
Buning uchun “Chelsi” rahbariyati o‘yinchini tarbiyalagan “Palmeyras”ga darrov 30 million evro to‘laydi. Keyinroq esa, klub g‘aznasiga yana 20 million evro bonus sifatida o‘tkazib beriladi.
Fikrlar