
"Chelsi" 2000 yildan buyon ilk bor xavfli zonaga tushib ketdi
Xabaringiz bor "Manchester Yunayted" kecha APLning 1-turidan o‘rin olgan “Chelsi”ga qarshi o‘yinda 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa “aristokratlar” dastlabki tur yakunlariga ko‘ra musobaqa jadvalining 19-pog‘onasidan joy olishdi. E’tiborlisi, “Chelsi” 2000 yildan buyon bu qadar quyi pog‘onaga tushmagan edi. Ta’kidlash kerakki, 19-o‘rinni egallagan jamoa yakunda Chempionshipga tushib ketadi.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi”ni ayni damda klub afsonasi Frenk Lempard boshqarmoqda.
Fikrlar