“Chelsi”, 35 million yevroga futbolchingni bizga ber!

  • 19.06.2026 08:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” hujumchisi Liam Delap kelasi mavsum oldidan jamoasini oʻzgartirishi mumkin. Angliya Premyer-ligasining oʻrtamiyona jamoalaridan hisoblangan “Everton” bu futbolchini oʻz safga qoʻshib olmoqchi.

Daily Mail nashri xabariga koʻra, liverpullliklar transfer boʻyicha 30 million funt sterling (qariyb 35 million yevro) miqdori koʻrsatilgan taklif tayyorlamoqda.

Bosh murabbiy Devid Moyes Delapni yozgi transfer oynasining ustuvor maqsadlaridan biri, deb hisoblamoqda va uning yordamida hujum chizigʻini jonlantirmoqchi.

Biroq asosiy muammo – futbolchining narxi. “Chelsi” Delap uchun 40 million funtdan ortiq (46 million yevro) mablagʻ talab qilmoqda.

Hujumchiga “Nyukasl” ham qiziqish bildirayotgani “Everton”ning transferini qiyinlashtirishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!