
"Chelsi" 7 yillik qora an’anasiga nuqtani qo‘ydi
APLning 31-turidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Manchester Yunayted" bahsida "aristokratlar" kambek evaziga g‘alaba qozondi. Mazkur natija orqali klub o‘zining qora an’anasiga ham chek qo‘ydi.
Londonliklar so‘nggi marta "Manchester Yunayted"ni Premer-liga doirasida 2017 yil mag‘lub qila olgandi.O‘sha uchrashuvdagi yagona golni Alvaro Morata urgan. Shundan beri "qizil iblislar" 5 marta g‘alaba qozonib, 7 bor durang o‘ynab kelayotgandi.
Shu tariqa, "Chelsi" 7 yil davom etib kelayotgan bundan seriyaga nuqta qo‘ya oldi. Uchrashuv qahramoni esa Koul Palmer o‘yinda xet-trik amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Mazkur g‘alabadan keyin Pochettino shogirdlari turnir jadvalida 10-o‘ringa chiqib oldi. Shu bilan birga, keyingi turda 7-pog‘onagacha ko‘tarilib olish imkoniyatiga ega.
Fikrlar