"Chelsi" argentinalik yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda
"Chelsi" "Brayton" yarim himoyachisi Moyses Kaysedoni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Ammo "chaykalar" bir necha bor rad javobini berdi.
"Standart Sport" nashri xabar berishicha, "Chelsi" Kaysedoni sotib ololmasa, boshqa futbolchilar uchun kurashga kirishadi. Argentinalik Leandro Paredes ham variantlar orasida mavjud.
Mish-mishlar ko‘ra, 29 yoshli yarim himoyachi uchun "Galatasaroy" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Unga Italiyadan ham takliflar bor. PSJ Leandroga chiqish eshiklarini ko‘rsatgan.

Fikrlar