"Chelsi" Azarni 100 mln funtdan kamiga sotmoqchi emas, "Real" esa 85 mln taklif qilmoqda
Madridning “Real” klubi hamon “Chelsi” vingeri Eden Azarning transferi masalasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra joriy hafta tomonlar o‘rtasida navbatdagi muzokaralar o‘tkaziladi. Chunki, madridliklar 28 yoshli belgiyalik futbolchini mavsum yakuniga qadar sotib olishmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda “qirollik klubi” Azar uchun 85 mln funt taklif qilmoqda, biroq, “aristokratlar” ushbu futbolchi uchun 100 mln funtdan ko‘proq mablag‘ talab qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ispaniyaning Marca nashri "Real" Azarning transferi bo‘yicha deyarli kelishuvga erishgani haqida xabar tarqatgan edi.



Fikrlar