“Chelsi” bir yulduz uchun uch futbolchidan voz kechyapti

  • 3 iyul, 2021, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati tarkibni kuchaytirish maqsadida frantsiyalik yarim himoyachi Kingsli Komanni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu futbolchi ayni paytda “Bavariya” bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti. To‘g‘rirog‘i, myunxenliklar u so‘rayotgan maoshni bermoqchi emas.

Shu bois, Bundesliga chempioni yozda Komanni boshqa jamoaga sotib yuboradi. Ular bu transfer uchun 90 million evro miqdorida badal puli talab qilyapti.

“Chelsi” mutasaddilari bu transferga mablag‘ topish maqsadida uch nafar futbolchini transferga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Agar Hakim Ziesh, Ross Barkli va Kallum Xalson-Odoiga xaridor chiqsa, Koman transferiga etarli mablag‘ jamg‘ariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!