"Chelsi" birdaniga ikki shov-shuvli transferi barbod bo‘ldi

  • 29.08.2026 09:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi» yarim himoyachi Enzo Fernandezga o‘rinbosar qidirishga majbur bo‘lmoqda. Jurnalist Nizar Kinsella xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi «Manchester Siti»ga o‘tishiga juda yaqin turibdi.

Manba ma’lumoticha, London klubi bir vaqtning o‘zida ikki futbolchini olishni rejalashtirgan: «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skott va «Kristal Pэlas» futbolchisi Adam Uorton. Biroq hozircha bu rejalar amalga oshishi qiyin ko‘rinmoqda – har ikki jamoa ham o‘z yetakchilarini sotish niyatida emas.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» Enzo Fernandez uchun «Manchester Siti»dan 120 million funt sterling talab qilmoqda. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, transfer yozgi oyna yopilgunga qadar rasmiylashtirilishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!