"Chelsi" bosh murabbiyi: "Ko‘ramiz, Mendi klubga qanchalik sodiq qolar ekan?!"

  • 23.12.2022 23:40
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Grem Potter darvozabon Eduar Mendining shartnomasi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

30 yoshli futbolchi, avvalroq xabar qilinganidek, 2025 yilda tugaydigan shartnomani uzaytirishga hali rozi bo‘lmagan.

"Mendi bilan bitim klub va futbolchining o‘ziga bog‘liq, men bu haqda batafsil gapira olmayman. Agar jamoada o‘ynashga ishtiyoqmand futbolchi bo‘lsa, uni shashtidan qaytara olmaysan. Ko‘ramiz, Mendi klubga qanchalik sodiq qolar ekan?!

Eduar - ajoyib yigit, u "Chelsi"dagi faoliyatining boshidan beri yaxshi formada bo‘lgan", - dedi "aristokratlar" bosh murabbiyi. Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, ayni dam tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga yaqin emaslar. Joriy mavsum senegallik futbolchi londonliklar safida 11 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 15 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!