"Chelsi" chempionlik ortidan qancha daromad ko‘rdi?
Bilolbek Imomov
Klubning momaygina pul ishladi!
Londonning "Chelsi" klubi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirok va g‘alaba orqali rekord darajadagi daromadga erishdi.
Entso Mareska shogirdlari finalda PSJni 3:0 hisobida mag‘lub etdi va chempionlikni qo‘lga kiritdi. Umumiy hisobda "Chelsi" 7 ta o‘yinda qatnashib, 120 million dollar (90 million funt) daromad qildi.
Shuningdek, "aristokratlar" keyingi to‘rt yil davomida o‘z libosida KO‘JCh g‘olibi emblemasini taqib yuradi. Bu huquq ularga keyingi musobaqagacha beriladi.

Izohlar (0)