“Chelsi” eng zo‘r o‘yinchisiga bittada o‘rinbosar topdi

  • 01.09.2026 12:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning “Chelsi” klubi rahbariyati Enzo Fernandez o‘rniga Frantsiya terma jamoasi va Italiyanning “Roma” klubi yarim himoyachisi Manu Konéni sotib olishni xohlamoqda.

Enzo Fernandez tez orada “Manchester Siti”ga o‘tishi kutilmoqda. Bu haqida Footmercato xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, fransuz futbolchisi London klubining transferdagi asosiy maqsadiga aylangan.

“Chelsi” transfer oynasining so‘nggi soatlarida Manu Konéning vakillari bilan bog‘lanib, transfer imkoniyatini muhokama qilgan.

O‘tgan mavsumda Kone “Roma” safida barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozorga qiymati 50 million yevroga baholamoqda.

Kone Frantsiya terma jamoasi safida 19 ta uchrashuv o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!