«Chelsi» Enzo Fernandez o‘rniga norvegiyalik futbolchini olishni istadi

  • 08.09.2026 15:07
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londondagi «Chelsi» klubi yozgi transfer oynasi yakunlanishi arafasida «Fulxem» yarim himoyachisi, norvegiyalik Sander Berge nomzodini ko‘rib chiqqan.

 

BBC tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, «aristokratlar» yaqinida «Manchester Siti»ga o‘tib ketgan argentinalik Enzo Fernandez o‘rniga yangi markaziy yarim himoyachi izlayotgan edi. Shu jarayonda Berge «Chelsi» uchun ehtimoliy variantlardan biri sifatida ko‘rib chiqilgan. Biroq klub rahbariyati skandinav futbolchini olish bo‘yicha «Fulxem»ga rasmiy taklif yo‘l qilmagan.

 

28 yoshli Sander Berge joriy mavsum Angliya chempionatida «Fulxem» tarkibida uchta o‘yin o‘tkazdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi. Taxminiy bozor qiymati 25 million yevro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!