«Chelsi» Fernandesni «Manchester Siti»ga sotishga tayyor
Argentina terma jamoasi va Londonning «Chelsi» klubi yarim himoyachisi Enzo Fernandez hali ham Angliya premer-ligasining yana bir grandi – «Manchester Siti»ning transfer ro‘yxatida turibdi.
Futbol bo‘yicha insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «shaharliklar» rahbariyati argentinalik futbolchini sotib olish uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda. «Manchester Siti» transfer oynasi yopilguncha Fernandez bilan shartnoma imzolashga umid qilmoqda.
«Chelsi» esa o‘z navbatida Entsoni sotishga tayyor, ammo buning uchun klubni taklif etilayotgan to‘lov miqdori qoniqtirishi kerak. Avvalroq Fernandezning transfer bahosi 140 million yevro atrofida ekani ma’lum qilingan edi.
2025/2026 yilgi mavsumda argentinalik yarim himoyachi 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar