
"Chelsi" frantsiyalik hujumchini sotib olmoqchi
"Chelsi" yozgi transferlar oynasida strayker sotib olishni reja qilgan. "Aristokratlar" radariga "Monpele" vakili Ele Vaxi tushdi. Bu haqda "Lequipe" nashri xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, londonliklar tez orada rasmiy taklif bilan chiqadi. Klub Taxminan 30 million evro sarflamoqchi. "Chelsi" kurashda yolg‘iz emas. "Ayntraxt" ham 20 yoshli hujumchini sotib olishni istaydi.
Vaxiga "Latsio", "Bonmut" va "Union Berlin" kabi klublardan qiziqishlar bo‘lgan. Ammo futbolchining niyati kattaroq jamoaga o‘tishdir.
Fikrlar