"Chelsi" frantsuz klubidan 2 ta futbolchini ko‘z ostiga olib qo‘ydi
“Lill” klubining 2 nafar futbolchisi mavsumlar oralig‘ida Londonga yo‘l olishi mumkin.
Le10sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, frantsuz klubining markaziy himoyachisi Gabriel va hujumchisi Viktor Osimxen “aristokratlar”ni qiziqtirib qo‘ygan.
Gabriel joriy mavsum 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning transferi esa 17,5 million evroga baholanmoqda.
Osimxen esa 38 ta o‘yinda 18 ta gol urdi. Uning narxi 27 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar