"Chelsi" futbolchilari halok bo‘lgan Diogu Jotaning oilasiga pul jo‘natadi

  • 14.08.2025 15:10
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" futbolchilari Diogu Jota va Andre Silvaning oilasiga yordam berishga qaror qilishdi. Futbolchilar Ispaniyada 3-iyul kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lishgan edi.

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi g‘alaba uchun "Chelsi" futbolchilarga taxminan 15,5 million dollar bonus ajratdi. Bu pullar futbolchilar o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Shu bilan birga, klub va futbolchilar mablag‘larning bir qismi Diogu Jota va Andre Silva oilasiga yuborilishi haqida birgalikda qaror qabul qilishdi. Bu haqda The Athletic o‘z sahifalarida ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida "Chelsi" o‘tgan oyda PSJni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!