"Chelsi" futbolchisi 20 oyga haydovchilik huquqidan mosuvo etildi

  • 13.05.2019 22:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi Denni Drinkuoter mast holda avtomobil boshqargani uchun 20 oyga haydovchilik huquqidan mahrum etildi va 70 soat jamoat ishlariga mahkum etildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Qayd etish lozimki, Drinkuoter sud paytida o‘z aybiga iqror bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Drinkuoter joriy mavsum “Chelsi” safida jami 22ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!