
"Chelsi" futbolchisi bugun "Milan"da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi
“Chelsi” himoyachisi Fikayo Tomori mavsumni “Milan”da yakunlaydigan bo‘ldi.
Fabritsio Romanoning xabar berishicha, “rossonerilar” 23 yoshli angliyalik futbolchini keyinchalik 28 mln evroga sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga oladi. U bugun Milanda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Tomori joriy mavsum “Chelsi” safida APLda 1 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar