"Chelsi" futbolchisi haydovchilik guvohnomasidan mahrum bo‘lishiga sal qoldi

  • 07.07.2021 21:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi"ning hujumkor yarim himoyachisi Kallum Xadson-Odoi tezlikni oshirgani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum bo‘lishiga oz qoldi.

Tecno

BBC tarqatgan xabarga qaraganda, 20 yoshli futbolchi o‘tgan yilning 6 avgustida 80 km/soatda yurish belgilangan yo‘lni 145 km/soat tezlik masofada bosib o‘tgan. Sud jarayonida Xadson-Odoi aybini tan oldi va tezlikni oshirganini mashg‘ulotga kechikkanligi bilan izohladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda u «ishda jiddiy bosimga uchragan», shuningdek, «shaxsiy hayotida muammolar» bo‘lgan.

Natijada, Xadson-Odoi 834 funt sterling miqdorida jarimaga tortildi va uning haydovchilik guvohnomasiga oltita jarima bali berildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!