"Chelsi" futbolchisi "Real"ga o‘tishdan bosh tortdi!
"Chelsi" yarim himoyachisi Entso Fernandes "Real Madrid"ga o‘tishni xohlamayapti.
"Transfer News Live" nashrining jurnalist Aaron Remiroga tayanib xabar berishicha, 24 yoshli futbolchi "qirollik klubi"ning o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha yana bir urinishini qat’iy rad etdi. Hozirda xavbek "Chelsi" bilan yangi, yaxshilangan shartnoma bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
Entso Fernandesning "aristokratlar" bilan amaldagi shartnomasi 2032 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida futbolchining bahosi esa 80 million evro qilib baholangan.
Fikrlar