
“Chelsi” futbolchisi sochini ko‘k rangga bo‘yadi
Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Temua Bakayoko o‘zining va’dasi ustidan chiqdi. Bakayoko londonliklar safidagi debyut golidan so‘ng sochini ko‘k rangga bo‘yashga va`da bergan edi.
Yozda “Monako” safidan kelib qo‘shilgan 23 yoshli futbolchi Angliya Premer-Ligasi 8-turida “Kristal Pelas”ga qarshi bahsda gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan edi. “Bornmut”ga qarshi bahsga yaqin vaqt qolganida sochini ko‘k rangga bo‘yattirdi.
Ma’lumot uchun, Bakayoko ushbu mavsum APLda 8 ta bahsda maydonga tushdi va bir o‘yinda gol kiritib, ikki golga assistentlik qildi.
Fikrlar