"Chelsi" futbolchisini "Midlsbro"ga ijaraga berdi

Londonning “Chelsi” klubi yosh, umidli yarim  himoyachisi bo‘lgan Lyuis Beyker yangi mavsumni “Midlsbro”da o‘tkazadigan bo‘ldi.

Tomonlar 22 yoshli futbolchining bir yillik ijarasi borasida kelishuvga erishdi.

Ma’lumot uchun, Beyker o‘tgan ikki mavsumni Gollandiyanin “Vitess” klubida to‘p surgan edi va u erda jami 64 bahsda maydonga tushib, 15 ta gol kiritishga erishishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!