
“Chelsi” haydayotgan futbolchi ketishga ko‘nmayapti
“Chelsi” tarkibida jiddiy o‘zgarishlar bo‘ladi. Xususan, ishonchni oqlay olmagan bir guruh o‘yinchilar jamoani tark etishi kerak.
Manbalarning ta’kidlashicha, o‘tgan yili yozda “Napoli”dan 33 million funtga olingan Kalidu Kulibali “Chelsi” asosiy tarkibiga kira olmadi. Bundan tashqari, senegallik futbolchi “Napoli”dan ketib, Italiya chempioni bo‘lish imkoniyatidan quruq qoldi.
“Aristokratlar” yozda 31 yoshli futbolchini sotib yubormoqchi. Ular kelasi mavsum yosh himoyachilar – Vesli Fofan va Benua Badiashilga tayanadi.
Evening Standard nashrining ta’kidlashicha, London klubida katta maosh olayotgan Kulibali jamoani tark etishga ko‘nmayapti va kelasi mavsum o‘zini ko‘rsata olishini ta’kidlamoqda.
Fikrlar