“Chelsi“ himoyachisi “Real“ yoki PSJdan birini tanlashi kerak

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi“ futbolchisi Antonio Ryudiger klub bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti. U yozda erkin agent sifatida boshqa jamoaga o‘tishi kutilmoqda.

Xabar qilinishicha, u rahbariyatdan katta maosh so‘ragan. Biroq jamoa unga yuqori pul sarflay olmasligini ma’lum qilgan.

Shu sababdan himoyachi “Real“ yoki PSJga o‘tish variantini ko‘rib chiqmoqda. Germaniyalik iste’dod sohibi unga faqat shu jamoalar o‘zi istagandek maosh bera olishiga ishonmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Antonio Ryudiger “Transfermarkt“ portalida 35 million evroga baholangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!