"Chelsi" hujumchisi "Fulxem"ga o‘tdi

  • 02.02.2024 15:23
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Qishki transfer oynasida hujumchi bilan shartnoma imzolashga harakat qilgan "Fulxem" vanihoyat o‘z maqsadiga erishdi. Londonliklar qo‘shnisidan Armando Broyani mavsum so‘nggiga qadar ijaraga olganini e’lon qildi. 

GFSkyB-WQAAh0w1?format=jpg&name=small

Shartnoma shartlariga ko‘ra, futbolchi mavsum so‘nggiga qadar 10 ta o‘yinni asosiy tarkibda boshlasa, "Fulxem" ijara pulini to‘lamaydi. Agarda u 10 ta uchrashuvda boshlang‘ich tarkibdan joy olmasa, klub "aristokratlar" hisobiga 4 million o‘tkazib beradi. 

Transferlar oynasining so‘nggi kunlarida "Vulverxempton" ham ushbu transferni amalga oshirishga harakat qilib ko‘rdi, lekin futbolchining o‘zi "Fulxem"ni tanladi.

Broya bundan oldin ham Premer-liganing boshqa bir jamoasiga ijaraga berilgan. U 2021-2022 yillarni "Sautgempton"da o‘tkazib, yaxshi taassurot qoldirgandi.

Southampton transfer news: Armando Broja moves to St Mary's on season-long  loan from Chelsea | Football News | Sky Sports

Ammo keyingi paytlarda hujumchining jarohatlari uni zaxiraga "mixladi". Shunday bo‘lsa ham, Armando ushbu mavsum 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qila oldi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!