"Chelsi" hujumchisi "Manchester Siti" safini to'ldirishi mumkin

  • 29.07.2026 21:31
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi»ning hujumchi vingeri Pedru Netu yaqin vaqtlarda «Manchester Siti» safini to‘ldirishi mumkin.

TribalFootball nashri ma’lumoticha, «shaharliklar» portugaliyalik futbolchini jamoani tark etishi kutilgan Savio o‘rniga asosiy nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. Savio «Tottenxem»ga o‘tishiga bir qadam qolgani aytilmoqda. Braziliyalik futbolchining ehtimoliy transferi taxminan 60 million funt sterlingga baholamoqda. Shu bilan birga, «Chelsi» Pedru Netudan rasmiy voz kechish variantlarini ko‘rib chiqishga tayyor ekani xabar qilingan.

Pedru Netu 2024 yili «Vulverxempton»dan «Chelsi»ga 60 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning londonliklar bilan tuzgan shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 yildagi mavsumda portugaliyalik vinger «sinilar» tarkibida barcha musobaqalar hisobida 52 o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Transfermarkt portali Pedru Netuning hozirgi bozor qiymatini 60 million yevro atrofida deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!