“Chelsi” ikki qimmatbaho yulduzdan birini tanlaydi

  • 18 oktabr, 2021, 12:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

The Mirror nashrining yozishicha, “Chelsi” transfer strategiyasini ishlab chiqmoqda va asosiy e’tiborni hujumkor qanot futbolchisini olishga qaratadi.

Ayni paytda “aristokaratlar” rahbariyati “Manchester Siti”dan ketish payida yurgan Rahim Sterling bilan kelishib olish imkoniyatiga ega. Trasnfer summasi 90 million evroni tashkil qiladigan angliyalik futbolchi “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardioladan asosiy tarkibda o‘ynash uchun kafolat ololmadi.

“Chelsi” Sterlingni yarim mavsum ijarada o‘ynatib, keyinchalik to‘liq transfer qilmoqchi.

Roman Abramovich ko‘z tikayotgan ikkinchi yulduz “Yuventus” vakili Federiko Kezadir. Biroq, uni olish uchun londonliklar 100 million evro atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Qolaversa, yozda Krishtianu Ronaldudan ayrilgan turinliklar jamoa etakchisi aylanib borayotgan Kezani qo‘yib yubormoqchi emas.

Tomas Tuxel bu ikki yulduzni tarkibga sig‘dira olmaydi. Shu bois, ulardan birini tanlashi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!