«Chelsi» ispaniyalik himoyachiga ikkinchi taklifni jo‘natdi
«Rayo Valyekano» klubi tarkibida to‘p surib kelayotgan chap qanot himoyachisi Pep Chavarriya «Chelsi» safiga o‘tishi mumkin. Bu haqida jurnalist Saymon Fillips xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, London klubi ispaniyalik futbolchi uchun taxminan 17,5 million yevro miqdorida yangilangan taklif yo‘llagan. «Chelsi» Chavarriya bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha allaqachon kelishuvga erishgani aytilmoqda.
Shu bilan birga, «Rayo Valyekano» hozircha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmayapti. Madrid klubi himoyachi shartnomasida ko‘rsatilgan 24,6 million yevro miqdoridagi to‘lov to‘liq qoplanishini talab qilmoqda.
Pep Chavarriya 2025/26 yildagi mavsumda barcha musobaqalar hisobga olingan holda 44 o‘yinda maydonga tushdi, bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi va uchta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar