“Chelsi” kamida ikkita shov-shuvli transferga qo‘l uradi

  • 16.01.2026 07:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Mavsum oʻrtasida bosh murabbiy Enco Mareskani ishdan boʻshatib, uning oʻrniga Liam Rosenyorni tayinlagan Londonning “Chelsi” klubi yangi murabbiylar shtabini katta transferlar bilan qoʻllab-quvvatlamoqchi.

“Aristokratlar” yozgi transfer oynasida katta qiymatga ega boʻlgan xaridlarni amalga oshirishni rejalashtirib qoʻydi va shuning uchun ham yanvar oyida transfer bozorida c qadar faollik koʻrsayman.

Jurnalist Nizaar Kinsellaning xabar berishicha, yozda “Chelsi” bir necha shov-shuvli xaridlarga qoʻl uradi. Jamoa taklif etiladigan yulduzlar roʻyxatining eng avvaliga “Yuventus” hujumchisi Kenan Yildiz nomi yozilgan.

Bundan tashqari, londonliklar “Manchester Yunayted”dan ketishga bel bogʻlagan Kobbi Maynu atrofidagi vaziyatni ham sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda va bu oʻyinchi uchun ham xarajat qilishga tayyor.

Transfermarkt portaliga koʻra, Yildizning narxi 75 million yevro, Maynuning qiymati esa 40 million yevro deb baholanmoqda. Har ikki futbolchi ham hozirda 20 yoshda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!