“Chelsi” Kontening o‘rniga kimni olib keladi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Fulxem” klubi bosh murabbiyi Slavisha Yokanovich kelgusi mavsumdan e’tiboran “Chelsi” ustoziga aylanishi mumkin. BU haqda Daily Mail xabar bermoqda.

49 yoshli mutaxassis 2000-2002 yillar oralig‘ida “aristokartlar” safida futbolchi sifatida to‘p tepgan.

Slavisha 2015 yilning dekabr oyida “Fulxem” ustoziga aylangan edi. Ayni vaqtda mazkur jamoa Chempionshipda 65 ochko jamg‘argan holda 4-o‘rinda bormoqda.

Yokanovich jamoasi so‘nggi bor 2017 yilning 16 dekabr sanasida “Sanderlend”ga mag‘lub bo‘lgan. Yokanovich bunga qadar “Partizan”, “Levski”, “Erkules” va “Uotford” jamoalarida ishlagan.

Yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Antonio Kontening o‘rniga asosiy nomzod sifatida Luis Enrike aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!