"Chelsi"ning Dastan Satpaev bo‘yicha qarori xato, deb baholandi

  • 30.08.2026 21:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

The Chelsea Chronicle nashri muallifi Uill Batcher «Börnli» klubining «Norvich»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘lgani (1:4) ortidan qozog‘istonlik hujumchi Dastan Satpaev atrofidagi vaziyatni tahlil qildi.

Uning yozishicha, Satpaev ijaraga o‘tgan paytda butunlay boshqacha manzara kutilgan edi. «Börnli»dan Chempionshipda yetakchi jamoalardan biri bo‘lib, Angliya Premyer-ligasiga qaytish uchun kurashishi mo‘ljallangandi.

- Agar Dastan Satpaev Chempionshipda ustunlik qiladigan va yuqori ligaga chiqish uchun kurashadigan jamoaga qo‘shilaman, deb o‘ylagan bo‘lsa, dastlabki o‘yinlar shuni ko‘rsatyaptiki, u ham, «Chelsi» ham jiddiy adashgan, — deya fikr bildiradi Uill Batcher.

Muallif eslatishicha, «Börnli» o‘tgan mavsum Premyer-ligadan tushib ketgan, shu boisdan Chempionshipda jamoadan katta natijalar kutilayotgan edi. Batcherning ta’kidlashicha, Satpaev doim g‘alaba uchun kurashadigan va yuqori o‘rinlar uchun da’vogar jamoaga tushishi kerak edi.

Amo uch turdan so‘ng manzara mutlaqo boshqacha: «Börnli» chempionatda «Vest Bromvich» va «Norvich»dan mag‘lub bo‘ldi, «Bredford Siti»ga qarshi o‘yinda esa asosiy vaqtda durang qayd etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!