"Chelsi" Obameyangni AQSh klubiga o‘tkazmoqchi

  • 11 fevral, 2023, 17:28
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Chelsi" hujumchisi Per-Emerik Obameyang faoliyatini okeanortida davom ettirishi mumkin.

"Relevo" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Los-Anjelas" klubi gabonlik to‘purar xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Tomonlar muzokarani boshlab yuborgan.

MLSda transfer oynasi 24 aprel kuni yopiladi, o‘sha muddatga qadar barchasi hal bo‘lishi lozim. Obameyang 2022 yilning yozida "Barselona"dan "aristokratlar" safiga kelib qo‘shilgandi.

Ushbu vaqt oralig‘ida u 17 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 gol va 1 assistni yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!