"Chelsi" oʻz futbolchisini "Real"ga sotishga tayyor!

  • 19.01.2026 14:28
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Chelsi"ning argentinalik yarim himoyachisi Enzo Fernandez "Real Madrid"ga o‘tishi mumkin. Bu haqida "TEAMtalk" nashri xabar berdi.

Manbaning xabar berishicha, "aristokratlar" "qirollik klubi" vakillariga Enconi sotishga tayyor ekanliklarini aniq ma'lum qilgan. Fernandesning o‘zi Ispaniya gigantlariga o‘tishga qarshi emas, ammo "ko‘klar" argentinalik futbolchini faqat munosib summa evaziga qo‘yib yuborishmoqchi.

2023 yilda "Chelsi" Fernandesni "Benfika"dan 121 million yevroga sotib olgan edi. Bu mavsumda u barcha musobaqalarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va to‘rtta golli uzatma muallifiga aylandi. 25 yoshli yarim himoyachining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2032 yil iyun oyigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!