
"Chelsi" o‘z futbolchisini sudga bermoqchi
Londonning "Chelsi" klubi ukrainalik vinger Mixaylo Mudrikni antidoping qoidalarini buzgan deb topilsa, sudga berishi mumkin.
Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, klub futbolchi mehnat shartnomasidagi majburiyatlarni buzgan deb topilsa, undan kompensatsiya undirish uchun sudga murojaat qilish ehtimolini muhokama qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" Mudrikni 80 million evroga xarid qilgan edi. Uzoq muddatli diskvalifikatsiya xavfi futbolchini klub aktivlari sifatida keskin qadrsizlantirishi mumkin. Shunga qaramay, sud jarayoni ehtimoli hozircha past baholanmoqda — klub rahbariyati bunday qattiqqo‘l harakatlar potentsial yangi futbolchilarni qo‘rqitib yuborishi mumkinligidan xavotirda.
Ma’lumki, kuni kecha Angliya Futbol Assotsiatsiyasi (FA) Mudrikka rasmiy ayblov qo‘ydi. OAV xabarlariga ko‘ra, ham "A" namunasi, ham "B" namunasi organizmda meldoniy borligini ko‘rsatgan. Agar aybi tasdiqlansa, futbolchiga to‘rt yilgacha diskvalifikatsiya tahdid solmoqda.
Fikrlar