“Chelsi” Pochettinoni butun murabbiylar shtabiga qo‘shib haydamoqchi, lekin...
“Chelsi” katta umidlar bilan olib kelgan va transferlar bilan qo‘llab-quvvatlagan bosh murabbiy Maurisio Pochettino ham ishonchni oqlamadi.
Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, “aristokratlar” argentinalik mutaxassisni butun murabbiylar shtabi bilan ishdan haydashni istayapti. Biroq shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani uchun to‘lanadigan kompensatsiya londonliklarga rejani amalga oshirishga xalaqit qilyapti.
Ma’lum bo‘lishicha, agar klub Pochettino va uning shtabidagilarga kompensatsiya to‘lasa, Premer-liganing xarajatlar limitini buzib qo‘yadi.
Aynan mana shu muammo klub rahbariyatini keskin qaror qabul qilishdan ushlab turibdi.
2022 yilning yozidan beri “Chelsi” tarkibini kuchaytirish uchun 1 milliard funtga yaqin mablag‘ ishlatdi. Biroq jamoa ko‘zlangan natijalarni qayd eta olmayapti. Xususan, Pochettino shogirdlari joriy mavsumda 23 ta uchrashuvda atigi 31 ochko to‘pladi va musobaqa jadvalining o‘rtasida boryapti.
Fikrlar