Asosiy mazmunga oʻtish

«Chelsi» qishda «Brayton» yarim himoyachisini sotib olmoqchi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Chelsi» qishki transfer oynasida «Brayton» yarimhimoyachisi Yasin Ayarini taxminan 45 million yevro evaziga sotib olishni rejalashtirmoqda.

Londonning «Chelsi» klubi rahbariyati qishki transfer oynasida «Brayton» tarkibida to‘p surib kelayotgan yosh shved yarimhimoyachisi Yasin Ayarini jamoaga olib kelishni rejalashtirmoqda.

Londonliklar qishda 23 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashga urinb ko‘radi. Ayni paytda Ayari «Brayton» bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmayotgani aytilmoqda. Shu bilan birga, yarimhimoyachining amaldagi shartnomasi «chaykalar» bilan 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Mutaxassislar hozircha Yasin Ayarning ehtimoliy transfer qiymatini 45 million yevro atrofida baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Yasin Ayari Angliya chempionati doirasida «Brayton» safida olti o‘yinda maydonga tushib, ikki gol urdi va bir marta ogohlantiruvchi sariq kartochka oldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q