"Chelsi" rahbariyati Sarrini "Yuventus"ga qo‘yib yuborishga tayyor

  • 01.06.2019 10:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri tez orada o‘z lavozimini tark etadi va "Yuventus" boshqaruvini qo‘lga oladi. Bu haqda italiyalik jurnalist Alfredo Pedulla xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “aristokratlar” rahbariyati 60 yoshli mutaxassisni qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan. Shu bois tomonlar o‘rtasidagi kelishuv tez orada bekor qilinadi va Sarri unga jiddiy qiziqayotgan “Yuventus” bosh murabbiyiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, Sarri o‘tgan mavsum “Chelsi” bilan birga APLda 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi, Angliya liga kubogi finaliga qadar etib bordi va Evropa ligasi kubogini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!