"Chelsi" "Real" hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 05.02.2026 19:33
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi yozgi transfer oynasida "Real" hujumchisi Endrikni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida "Topskills Sport Uk" nashri ma’lum qildi.

Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, braziliyalik futbolchi "ko‘klarning" yozdagi asosiy transfer maqsadi hisoblandi. Londonliklar Endrikdan qanotda emas, balki markaziy hujum chizig‘ida foydalanishni reja qilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, "Chelsi" rahbariyati Madrid klubiga taklif bilan chiqishga chiqishga shoshilmayapti. Biroq, "aristokratlar" vinger uchun "Real"ga 70-80 million atrofida mablag‘ berishga tayyor.

Ma’lumot uchun, 19 yoshli futbolchi hozirda ijara asosida Fransiyaning "Lyon" jamoasi safida harakat qilib kelmoqda.  Joriy mavsum hujumchi 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z nomiga 5 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib, qo‘yishga erishdi.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!