"Chelsi" "Real Madrid" yarim himoyachisiga qiziqmoqda
"Chelsi" transfer bozorida tarkibni kuchaytirish variantlarini o‘rganmoqda. "Transfer News Live" nashri "Defensa Central" manbasiga tayanib xabar berishicha, Angliya Premier-ligasi grandi diqqat markaziga "Real Madrid" yarim himoyachisi Orelien Tchuameni tushgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yozgi transfer oynasida londonliklar Madrid klubiga rasmiy taklif bilan chiqishi mumkin. Biroq "Real" 26 yoshli fransiyalik futbolchi bilan xayrlashish niyatida emas.
Qayd etilishicha, ehtimoliy kelishuv faqatgina Tchuameni shaxsan o‘zi qiziqish bildirib, maoshini oshirishni istagan taqdirdagina amalga oshishi mumkin.
Transfermarkt portali mutaxassislari Orelien Tchuameni transfer qiymatini 75 million yevro deb baholamoqda.
Fikrlar