«Chelsi» «Real»ning yulduz yarim himoyachisini sotib olmoqchi
«Real» jamoasi yarim himoyachisi Eduardu Kamavinga faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Frantsiya terma jamoasi a’zosi bilan «Chelsi» klubi jiddiy qiziqmoqda. Bu haqida jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, londonliklar Kamavingani Enco Fernandez uchun ehtimoliy o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi jamoani tark etishga yaqin turibdi.
Avvalroq Eduardu Kamavingaga «Manchester Yunayted» tomonidan ham qiziqish bildirilgani ma’lum qilingan edi. «Real» esa futbolchini sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.

Fikrlar