"Chelsi" "Real" yulduziga qiziqmoqda, ammo shart bor
Londonning "Chelsi" klubi Eduardo Kamavingani oʻz safiga qoʻshib olishni istamoqda.
"Chelsea Chronicle" maʼlumotiga koʻra, ingliz klubi transferda jiddiy muammoga duch kelishi mumkin. Gap shundaki, fransuz yarim himoyachisi faqat Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoaga oʻtishni xohlamoqda — bu uning asosiy sharti hisoblanadi.
Shu sababli, agar "Chelsi" kelasi mavsum uchun Chempionlar ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritmasa, bu transferni amalga oshirish juda qiyin boʻladi.
Maʼlumot uchun, Kamavinga 2021 yilda "Renn"dan "Real"ga 31 million yevro evaziga oʻtgan. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 34 ta oʻyinda ishtirok etib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etgan.
Fikrlar