"Chelsi" RPLda to‘p tepayotgan yosh futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi
Yarim himoyachi Arsen Zaxaryan joriy yozgi transferlar oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
"Sport-Eksress" nashri bergan xabarga ko‘ra, 19 yoshli "Dinamo" futbolchi xizmatiga "Chelsi" qiziqish bildirmoqda. Londonliklar u uchun 15 million evro to‘lashga tayyor. Evropaning biror klubidan taklif kelib tushsa, moskvalikdar uni aynan shuncha pul evaziga qo‘yib yuborishi kerak (mazkur band u bilan tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan).
Joriy mavsumda Zaxaryan RPL doirasida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar