Asosiy mazmunga oʻtish

«Chelsi» sobiq «Komo» yarim himoyachisini sotib olishi mumkin

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Chelsi» «Komo» yarim himoyachisi, «Real» akademiyasi tarbiyalanuvchisi Niko Pasni 80 million yevro atrofida sotib olishga qiziqmoqda

«Chelsi»ning yangi nishoni ma’lum bo‘ldi

Manbalarga ko‘ra, londonlik «Chelsi» klubi hozirda «Komo» yarim himoyachisi Niko Pas xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Aytilishicha, Angliya klubi yosh futbolchining o‘yinlarini yaqinidan kuzatib bormoqda. Niko Pasning «Komo» bilan amaldagi shartnomasi yana ikki mavsumga mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 80 million yevro atrofida baholamoqda.

Niko Pas «Real» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2024 yilda Madrid klubini tark etib, «Komo» safiga o‘tgan. O‘tgan yozda esa italyanliklar futbolchi transfer huquqini to‘liq sotib olgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q