"Chelsi" Sterlingni sotib olishga shoshmoqda. Bunga sabab nima?

  • 5 iyul, 2022, 11:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" klubi "Manchester Siti" vingeri Rahim Sterlingni sotib olishga harakat qiladi. Jamoa bu transferni imkon qadar tezroq amalga oshirmoqchi. 

"Aristokratlar" tez orada AQShga yozgi turnesi sabab uchib ketadi. Shu tufayli ular futbolchini safar oldidan qo‘lga kiritishni maqsad qilgan. 

Hozirda "shaharliklar" bilan muzokaralar davom etmoqda. Londonliklar ingliz uchun 45 million evroning bahridan o‘tishga tayyor. 

Rahimning o‘zi ham Manchesterdan ketishga qarshi emas. Ma’lum bo‘lishicha, u "Chelsi"ga o‘tish borasida Tomas Tuxel bilan kelishib olgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!