"Chelsi" superfutbolchi uchun kurashda "Arsenal"ga yutqazdi
«Aston Villa»ning hujumkor yarimhimoyachisi Morgan Rodjers faoliyatini «Arsenal»da davom ettirishi mumkin.
Insayder Ekrem Konur ma'lumotiga ko‘ra, Rodjers o‘yini «Chelsi» rahbariyatini ham hayratga solgan, ammo klub uning yuqori transfer narxi sabab qaror qabul qilishga shoshilmayapti. Shu bilan birga, «Arsenal» 23 yoshli futbolchini jamoaga qo‘shib olish niyatida jiddiy harakat qilmoqda.
Yaqinda «Nottingem Forest» yarimhimoyachisi Elliot Anderson 135 million yevro evaziga «Manchester Siti»ga o‘tganidan keyin, «Aston Villa» Rodjers transfer qiymatini 150 million yevro atrofida baholamoqda.
O‘tgan mavsumda Morgan Rodjers barcha musobaqalar doirasida 55 ta o‘yin o‘tkazdi, 14 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar