“Chelsi” superfutbolchini ortga qaytaradi

  • 06.02.2021 09:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” rahbariyati o‘z tarkibida yulduz darajasiga etgan Eden Azarni yana ortga qaytarishni rejalashtirmoqda.

Belgiyalik hujumkor futbolchi “Real”da o‘zini ko‘rsatolmayotgan, ko‘p jarohat olayotgan va sog‘lig‘ida muammolar borligiga qaramay, uni yana o‘z tarkibida ko‘rmoqchi. Londonliklar bu futbolchini ancha arzon summa – 40-50 million evroga sotib olishni istayapti. Ular bu transferni yozda rasmiylashtirmoqchi.

Azar  “Chelsi”dan “Real”ga 2019 yili 100 million evrodan ortiqroq mablag‘ evaziga o‘tgandi. Biroq, u ispan futboliga moslasha olmadi. 30 yoshli futbolchi joriy mavsumda La Ligada atigi sakkizta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!