"Chelsi" terma jamoa oʻyinchisi uchun katta summa tikadi
Angliya terma jamoasi va «Kristal Pэlas» yarim himoyachisi Adam Uorton qishki transfer oynasida Londonding «Chelsi» klubi uchun asosiy maqsadlardan biriga aylandi. Bu haqida insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, «aristokratlar» rahbariyati 22 yoshli futbolchini sotib olish uchun 80 million funt (taxminan 93 million yevro) sarflashga tayyor. «Chelsi» Uortonni o‘tgan yozdayoq o‘z safiga qo‘shib olishni istagan, ammo o‘shanda kelishuv amalga oshmagan edi.
Adam Uorton «Kristal Pэlas» tarkibida 2024 yildan buyon to‘p surmoqda.
Yarim himoyachining bozor qiymati taxminan 70 million yevroga baholanmoqda, uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2029 yil iyuni oxirigacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsum Angliya chempionati doirasida Uorton to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi, ammo haligacha gol ham, golli uzatma ham qayd etmagan.

Fikrlar