
"Chelsi" transferlardan to‘xtamayapti! Bu safargi nishon JCh yulduzi
"Chelsi" yana bir futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
"Record" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, londonliklar o‘z tarkibini mahoratli yarim himoyachi bilan to‘ldirishni maqsad qilgan. Shu bois klub "Benfika" vakili Entso Fernandes transferiga qaytdi.
Ma’lum bo‘lishicha, "aristokratlar" uni sotib olishga bir necha marta urinib ko‘rgan, ammo harakatlar muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan. Shunga qaramay, jamoa o‘z imkoniyatidan foydalanmoqchi.
22 yoshli futbolchining "burgutlar" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Uning transfer narxi 55 million evroni tashkil etadi.
Entso Qatar yashil maydonlari mezbonlik qilgan mundialning eng yaxshi yosh futbolchisi sovriniga ega chiqqandi.
Fikrlar