"Chelsi" uchun Entsoni qo‘lga kiritish oson bo‘lmayapti
"Chelsi" va "Benfika" hali yarim himoyachi Entso Fernandesning transferi borasida kelishib olgani yo‘q. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. "Aristokratlar" portugal klubi so‘ragan pulni berish niyatida emasga o‘xshaydi. Natijada Entso Lissabonda qolishi mumkin. 24 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun "Chelsi" rahbariyati "Arsenal" va "Atletiko" kabi klublar bilan raqobat qilishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Entso Fernandes joriy mavsum "burgutlar" safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 5 ta golli uzatma bor. Fernandes o‘tgan oy Argentina terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘lgan edi.
Fikrlar