"Chelsi" Vernerning ortidan "Leyptsig"ning yana bir etakchisini sotib olmoqchi

  • 25 iyun, 2020, 10:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"RB Leyptsig" klubi himoyachisi Dayot Upamekano faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Tribal Football nashrining yozishicha, 21 yoshli frantsiyalik futbolchiga "Chelsi" jiddiy qiziqish bildira boshlagan. “Aristokratlar” uni qo‘lga kiritish uchun shartnomasida ko‘rsatilgan 60 million evroni to‘lashga tayyor.

Ta’kidlash kerakki, “Chelsi” bundan avvalroq "RB Leyptsig" hujumchisi Timo Vernerni o‘z safiga qo‘shib olgan edi.

Upamekanoga esa "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Real" ham xaridor hisoblanadi. U joriy mavsum 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 2 ta goliga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!